Skip to main content
Article

SURUNKALI XOLESISTIT RIVOJLANISHIDA OG'IZ BO'SHLIG'I MIKROBIOTASINING O'RNI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Maqolada ogʻiz boʻshligʻi mikrobiotasining (xususan, parodont patogenlari va boshqa anaeroblar) oʻt pufagi hamda oʻt yoʻllari yalligʻlanishi — xolesistit rivojlanishidagi ehtimoliy roli va bogʻliqligi tahlil qilindi. Natijalar ogʻiz mikroblarining gematogen, limfogen va enterogepatik yoʻllar orqali biliar tizimga yetib borishi, safro kislotalari va mikroblar oʻzaro ta'siri, lipopolisaxaridlar orqali Toll-like receptors (TLR), NOD-simon retseptorlar oilasi, pirin domenini tutuvchi 3 (NLRP3) inflammasoma faollashuvi hamda ichak–jigar–o‘t yo‘llari (biliar) tizimi (GLB) orqali sistemik yalligʻlanish fonida xolesistit xavfini oshirishini koʻrsatadi. Klinik va molekulyar izlanishlar ba'zi ogʻiz bakteriyalari (masalan, Porphyromonas gingivalis, Fusobacterium nucleatum) DNKsining oʻt pufagi suyuqligi va toshlaridan topilganini bildiradi, biliar infeksiyalarda esa aralash aerob–anaerob floraning roli qayd etilgan. Xulosalar parodontal salomatlikni yaxshilash, mikrobiota modulyatsiyasi (gigiyena, probiotiklar, antibiotiklar oqilona qoʻllanilishi) va xolesistit profilaktikasi oʻrtasidagi uzviy bogʻlanishga e'tibor qaratadi. Kelgusida koʻlamli prospektiv guruhlar, metagenomika va metabolomika asosidagi ishlar muammoga yanada oydinlik kiritadi

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references