Skip to main content
Article

DAVLAT G'AZNACHILIGI TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Burxonov SherzodG'aznachilik xizmati qo'mitasi Jamgʻarmalarga va davlat ishtirokidagi korxonalarga xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh mutaxassisi
Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada davlat g‘aznachiligi tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini optimallashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda g‘aznachilik tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari, amaldagi muammolar va institutsional cheklovlar tahlil qilinadi. Xususan, byudjet ijrosi jarayonlarida axborot tizimlarining integratsiyasi, real vaqt rejimidagi monitoring, elektron to‘lovlar tizimi va ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi o‘rganilgan. Maqolada jarayonlarni reinjiniring qilish (BPR), raqamli platformalarni markazlashtirish, ma’lumotlar bazalarini integratsiyalash hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash mexanizmlari taklif etiladi. Shuningdek, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish, inson kapitalini rivojlantirish va axborot xavfsizligini kuchaytirish orqali g‘aznachilik faoliyatining shaffofligi va tezkorligini oshirish yo‘llari asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida davlat g‘aznachiligi tizimida raqamli transformatsiyani kompleks yondashuv asosida amalga oshirish byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda davlat moliyasini boshqarish sifatini oshirishga xizmat qilishi isbotlangan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references