Skip to main content
Article

DAVLAT G'AZNACHILIGIDA BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISHNI SUN'IY INTELLEKT VA BIG DATA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MONITORING QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Burxonov SherzodG'aznachilik xizmati qo'mitasi Jamgʻarmalarga va davlat ishtirokidagi korxonalarga xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh mutaxassisi
Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada davlat g‘aznachiligi tizimida byudjet mablag‘laridan foydalanishni sun’iy intellekt (SI) va Big Data texnologiyalari asosida monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish masalalari tadqiq etiladi. Zamonaviy sharoitda byudjet xarajatlari hajmining ortishi, moliyaviy operatsiyalar murakkablashuvi hamda shaffoflikka bo‘lgan talabning kuchayishi real vaqt rejimida tahlil va nazoratni ta’minlaydigan raqamli yechimlarni joriy etishni taqozo etmoqda. Tadqiqotda davlat g‘aznachiligida mavjud monitoring tizimining institutsional va texnologik cheklovlari tahlil qilinib, Big Data asosida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash infratuzilmasini yaratish hamda sun’iy intellekt algoritmlari orqali risklarni aniqlash va prognozlash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Xususan, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, kechiktirilgan to‘lovlar va moliyaviy intizom buzilishlarini erta aniqlash uchun mashinaviy o‘rganish modellari qo‘llash imkoniyatlari asoslab beriladi. Maqolada SI va Big Data asosida avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy etish davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish, inson omiliga bog‘liqlikni kamaytirish hamda byudjet jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references