Skip to main content
Article

DAVLAT G'AZNACHILIGIDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ORQALI MOLIYAVIY OPERATSIYALAR SHAFFOFLIGINI OSHIRISH MEXANIZMINI ISHLAB CHIQISH

Sherzod BurxonovG'aznachilik xizmati qo'mitasi Jamgʻarmalarga va davlat ishtirokidagi korxonalarga xizmat koʻrsatish boʻlimi bosh mutaxassisi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada davlat g‘aznachiligi tizimida moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirish maqsadida blokcheyn texnologiyalarini joriy etish mexanizmi tadqiq etiladi. An’anaviy g‘aznachilik tizimlarida moliyaviy operatsiyalar ko‘pincha markazlashgan bazalar orqali amalga oshiriladi, bu esa ma’lumotlarning buzilishi, kechikkan monitoring va shaffoflikning pastligi kabi muammolarga olib keladi. Blokcheyn texnologiyasi yordamida har bir moliyaviy operatsiya o‘zgarmas va qayta tekshiriladigan yozuv sifatida saqlanadi, bu esa byudjet mablag‘laridan foydalanishni real vaqt rejimida kuzatish va audit qilish imkonini yaratadi. Maqolada blokcheynni davlat g‘aznachiligi jarayoniga integratsiya qilishning tashkiliy, texnologik va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, shaffoflikni oshirish, moliyaviy risklarni kamaytirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references