BEKOBOD SHAHRIDA SANOAT TUZILMALARI HAMDA AHOLINING MEHNAT BOZORIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada Bekobod shahrida faoliyat yuritgan asosiy sanoat korxonalari Bekobod metallurgiya kombinati, sement zavodi, g‘isht zavodi, paxta zavodi va go‘sht kombinati misolida sanoat tuzilmasida yuz bergan qisqarish jarayonlari hamda ularning aholi bandligi va mehnat bozoriga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilindi. Olingan natijalar sanoat korxonalarining qisqarishi va yopilishi tufayli mehnat bozorida strukturaviy ishsizlik kuchaygani, ishchi kuchining muayyan qismi xizmat ko‘rsatish sohasi, qurilish hamda kichik biznesga o‘tib ketgani, sezilarli qismi esa mehnat migratsiyasi yo‘liga yo‘nalgani, norasmiy bandlik ulushi oshgani va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida mehnat bozorida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, yangi sanoat quvvatlarini yaratish va investitsiya muhitini kengaytirish zarurligi ilmiy asoslab berildi.
Not yet translated