Skip to main content
Article

RAQAMLI PEDAGOGIKA DAVRIDA MATEMATIKA FANI O'QITUVCHISINING METODIK ARSENALINI BOYITISH: SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV VA "MOHIYATAN TUSHUNISH"NI SHAKLLANTIRISH (Termiz shahridagi Prezident maktabi tajribasi misolida)

ABI

Abstract

Ushbu maqolada raqamli pedagogika davrida matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishning innovatsion yondashuvlari, xususan, Sun’iy intellekt (SI) vositalarining integratsiyasi masalalari yoritilgan. Termiz shahridagi Prezident maktabi tajribasi misolida o‘tkazilgan sifatli tadqiqot (qualitative research) davomida R.Skempning “Mohiyatan tushunish” (Relational Understanding) va K.Tomlinsonning “Differensial ta’lim” nazariyalari asosida ishlab chiqilgan “Raqamli Pedagogik Prompt” metodikasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, SI vositalaridan to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining darsga tayyorgarlik vaqtini optimallashtiradi, kontekstual va tabaqalashtirilgan topshiriqlarni tezkor yaratish imkonini beradi hamda o‘quvchilarda matematik tushunchalarni chuqur anglash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Maqolada o‘qituvchilar uchun “Prompt Engineering” bo‘yicha amaliy tavsiyalar va keyslar keltirilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references