ZAMONAVIY TA'LIMDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR INTEGRATSIYASI ORQALI O'QUVCHILARDA HAYOTIY KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Hayotiy ko‘nikmalar tushunchasi, tarkibi, pedagogik ahamiyati va shaxsiy, ijtimoiy hamda emotsional komponentlari o‘rganilgan. Tadqiqotda fanlararo integratsiya metodlari, loyiha va muammoli o‘qitish, debat va case-study, shuningdek, raqamli va multimedia vositalari yordamida ko‘nikmalarni shakllantirish samaradorligi ko‘rsatildi. Tajriba-sinov ishlari pedagogik kuzatuv va o‘z-o‘zini baholash orqali metodlarning samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan. Shuningdek, integratsion yondashuvni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Maqola pedagogik tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Not yet translated