Skip to main content
Article

SUN'IY INTELLEKT MUAMMO EMAS: MAKTABLARDA FIKRLASHGA YO'NALTIRILGAN RAQAMLI SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalarining maktab ta’limiga kirib kelishi bilan bog‘liq muammolarni yangi nuqtai nazardan tahlil qiladi. Ko‘pincha muhokamalar akademik halollik yoki texnologik nazorat masalalari atrofida olib boriladi, biroq muammo chuqurroq — o‘quvchilarning fikrlash jarayonidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Maqolada AI dan foydalanish jarayoni uch asosiy o‘lcham asosida ko‘rib chiqiladi: kognitiv yukni tashqi vositaga yuklash (cognitive offloading), tanqidiy jalb etilish darajasi va axloqiy mulohaza (mualliflik hamda mas’uliyat masalalari). Muallif raqamli savodxonlik tushunchasini kengaytirib, uni faqat texnik ko‘nikmalar majmui emas, balki “texnologiya bilan fikrlash” kompetensiyasi sifatida talqin qiladi. Maqolada maktab ta’limida sun’iy intellektni pedagogik jihatdan asoslangan holda integratsiya qilish zarurligi asoslanadi hamda texnologiya inson tafakkurini almashtirmasligi, balki uni qo‘llab-quvvatlashi lozimligi ta’kidlanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references