INTERNET-MADANIYATDA SHAKLLANGAN INGLIZCHA MEME-LEKSIKANING O'ZBEK YOSHLAR NUTQIDAGI FUNKSIONAL ROLI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada internet-madaniyat sharoitida shakllangan inglizcha meme-leksikaning o‘zbek yoshlar nutqidagi funksional roli lingvistik, pragmatik hamda sotsiolingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda inglizcha meme birliklarining yoshlar diskursida qanday kommunikativ maqsadlarda qo‘llanilishi, ularning emotsional-ekspressiv imkoniyatlari, semantik transformatsiyasi hamda ijtimoiy identifikatsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, meme-leksikaning til iqtisodiyligi, diskursiv ixchamlik va zamonaviy uslubiylikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari inglizcha meme-leksika o‘zbek yoshlar nutqida nafaqat kommunikativ vosita, balki madaniy kod va ijtimoiy marker sifatida ham faol xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Not yet translated