XXI АSRDА GLОBАL MIGRАTSIYА SIYОSАTINING XАLQАRО MUNОSАBАTLАR VА GEОSIYОSIY JАRАYОNLАR BILАN BОG'LIQ RIVОJLАNISH TENDENSIYАLАRI
Abstract
Ushbu maqolada XXI asrda global migratsiya siyosatining rivojlanish tendensiyalari, xalqaro munosabatlar va geosiyosiy jarayonlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Globalizatsiya, iqtisodiy va ijtimoiy transformatsiyalar, qurolli mojarolar va iqlim o‘zgarishlarining migratsion oqimlarga ta’siri o‘rganiladi. E’tibor asosan migratsiya siyosati, davlatlarning tashqi siyosati, xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka qaratilgan. Zamonaviy nazariy yondashuvlar, jumladan sekyuritizatsiya nazariyasi va inson xavfsizligi kontseptsiyasi asosida, migratsiyani xalqaro tartibga solishning yangi shakllari va davlatlarning global chaqiriqlarga moslashish strategiyalari ochib beriladi. Xulosa shuni ko‘rsatadiki, migratsiya global beqarorlik sharoitida davlatlarning tashqi siyosiy ustuvorliklari va barqaror rivojlanishini shakllantirishda muhim omilga aylanmoqda.
Not yet translated