ALIFBO HARFLARINI TARIXIY-MADANIY KONTEXTDA BOLALAR IDROKIGA MOSLASHTIRISH TAMOYILLARI
Abstract
Mazkur maqolada alifbo harflarini tarixiy-madaniy kontekst asosida bolalar idrokiga moslashtirish masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi boshlang‘ich ta’limda savod o‘rgatish jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilimni chuqur va barqaror o‘zlashtirishini ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. Maqolada alifbo harflarini o‘qitishda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, tarixiy-madaniy kontekst asosida o‘qitishning nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tahliliy, kuzatuv, eksperimental va so‘rovnoma metodlaridan foydalanildi. Eksperimental ishlar natijasida tarixiy-madaniy yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning harflarni o‘zlashtirish darajasini oshirishi, ularning eslab qolish qobiliyatini kuchaytirishi va darsga bo‘lgan qiziqishini orttirishi aniqlandi. Shuningdek, ushbu metodika o‘quvchilarning assotsiativ va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari asosida alifbo harflarini o‘qitishda tarixiy-madaniy kontekstdan foydalanish boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi xulosa qilindi. Mazkur yondashuvni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Not yet translated