Skip to main content
Article

YUQORI SINF O'QUVCHILARINING OILAVIY HAYOT HAQIDAGI TASAVVURLARIGA OILA ICHIDAGI MULOQOTNING TA'SIRI VA PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirish jarayoni hamda ushbu jarayonga oila ichidagi muloqotning ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini ijtimoiy o‘rganish, bog‘lanish, psixosotsial rivojlanish hamda ijtimoiy-madaniy yondashuvlar tashkil etadi. Empirik tadqiqot natijalari oila muhitidagi ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi muloqot o‘quvchilarning kelajak oilaviy hayotiga nisbatan ijobiy va mas’uliyatli munosabatini shakllantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Aksincha, konfliktli yoki sovuq munosabatlar o‘smirlarning oilaviy qadriyatlarga nisbatan noaniq yoki salbiy tasavvurlarini yuzaga keltirishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida ota-onalar va pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references