Skip to main content
Article

Adaptiv jismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot va amaliyotning yangi yo'nalishlari

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada adaptiv jismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot va amaliyotning yangi yo‘nalishlari tahlil qilingan. Xususan, inklyuziv ta’lim tamoyillarining adaptiv jismoniy tarbiya tizimiga joriy etilishi, imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga teng asosda jalb etilishi, ularning jismoniy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integratsiyalashuvidagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda xorijiy amaliyotdagi IDEA qonuni misolida inklyuziv ta’lim va adaptiv jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim bosqichlarida adaptiv jismoniy tarbiyani tashkil etishning zamonaviy shakllari, metodik yondashuvlari va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari tahlil etilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references