Gimnastika bilan shug'ullanuvchi yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
ABI
Abstract
Mazkur maqolada yosh gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda gimnastikaning har tomonlama jismoniy rivojlantiruvchi vosita sifatidagi ahamiyati, uning jismoniy sifatlarni maqsadli shakllantirish, harakat koordinatsiyasini takomillashtirish, mashg‘ulot yuklamalarini aniq me’yorlash hamda sport-texnik natijalarni oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, erta sport ixtisoslashuvi sharoitida yosh gimnastikachilar mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish, ayniqsa boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida maxsus jismoniy sifatlar va harakat tayyorgarligini rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references