"O'ZBEKISTON – 2030" STRATEGIYASI VA XALQNI BIRLASHTIRISHDA SIYOSIY KOMPANIYALARNING ROLI: MA'RIFIY TEXNOLOGIYALAR KONTEKSTIDA NAZARIY TAHLIL
Abstract
Mazkur maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida jamiyatni yanada birlashtirish va fuqarolik birdamligini mustahkamlash jarayonida siyosiy kompaniyalarning (siyosiy partiyalar, strategik kommunikatsiya markazlari, PR-tuzilmalar va jamoatchilik bilan aloqalar institutlari) o‘rni ma’rifiy texnologiyalar prizmasida nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot uch asosiy nazariy paradigma Jürgen Habermasning kommunikativ harakat nazariyasi, zamonaviy siyosiy kommunikatsiya nazariyasi hamda Joseph Nye tomonidan ilgari surilgan soft power konsepsiyasiga tayangan holda olib boriladi. Maqolada siyosiy kompaniyalar strategik rivojlanish maqsadlarini jamiyat ongiga yetkazuvchi, fuqarolik faolligini oshiruvchi hamda ijtimoiy konsensusni mustahkamlovchi ma’rifiy institut sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, ma’rifiy texnologiyalar orqali strategiyaning mazmunini keng jamoatchilikka tushuntirish, ochiq muloqot maydonlarini yaratish va jamiyatda umumiy maqsadlar atrofida birlashuv muhitini shakllantirish mexanizmlari yoritiladi.
Not yet translated