EPIGENETIKA: ATROF-MUHIT OMILLARINING GEN FAOLIYATIGA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada epigenetika va uning inson organizmidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Ma’lumki, ko‘p hujayrali organizmlarda barcha somatik hujayralar deyarli bir xil genetik materialga (DNKga) ega bo‘lishiga qaramay, ularning tuzilishi, funksiyasi va ixtisoslashuvi bir-biridan farq qiladi. Bu farqlar genlarning turli hujayra turlarida turlicha darajada ifodalanishi (gen ekspressiyasi) hamda epigenetik boshqaruv mexanizmlari bilan bog‘liq. Maqolada gen faoliyatiga ta’sir qiluvchi epigenetik jarayonlar va ularning qanday ishlashi tushuntiriladi. Shuningdek, ovqatlanish, psixologik stress, ota-ona ta’siri hamda bolalik davridagi hayot sharoitlari genlarning ishlashiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot beriladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonning hayot tarzi, ovqatlanishi va atrof-muhit sharoiti genlarning qanday namoyon bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli epigenetika sog‘liqni saqlash, kasalliklarning oldini olish va zamonaviy tibbiyot rivojida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Not yet translated