Adaptiv jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish orqali tayanch-harakat apparatida buzilishlari mavjud bo'lgan o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish
Abstract
<p>Mazkur tadqiqot tayanch-harakat apparatida buzilishlari mavjud o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini adaptiv jismoniy tarbiya vositalari asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida adekvat va maxsus tanlangan umumrivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek, texnik vositalar — trenajyor qurilmalari tizimli qo‘llanildi. Eksperimental natijalar adaptiv mashg‘ulotlar mushak kuchi, kuch chidamliligi, tezlik-kuch sifatlari hamda statik barqarorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Trenajyorlardan foydalanish selektiv yuklama berish, harakat amplitudasini nazorat qilish va xavfsiz sharoitda takroriy harakatlarni bajarish imkonini yaratib, trofik jarayonlarning faollashuvi, nerv-mushak aloqalarining yaxshilanishi hamda kompensator mexanizmlarning safarbar etilishiga olib keldi. Natijada tayanch-harakat apparati funksional holati yaxshilandi, qomat korreksiyasi ta’minlandi va o‘quvchilarning harakat faolligi hamda jismoniy mustaqilligi oshdi. Olingan ma’lumotlar adaptiv jismoniy tarbiya vositalarining reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish jarayonida yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlaydi.</p>
Not yet translated