Skip to main content
Article

TO'LQINLAR OPTIKASIDA ASOSIY TUSHUNCHALARNI IZOHLASHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL ETISH YO'LLARI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada to‘lqinlar optikasining asosiy tushunchalari bo‘lgan interferensiya, difraksiya, koherensiya va faza tushunchalarini izohlashda yuzaga keladigan ilmiy muammolar tahlil qilinadi. Yorug‘likning to‘lqin tabiatiga asoslangan ushbu hodisalar klassik optika doirasida keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, zamonaviy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nazariy modellarning ideal sharoitlarga asoslanganligi real fizik jarayonlarni to‘liq aks ettira olmaydi. Natijada nazariya va tajriba o‘rtasida muayyan tafovutlar yuzaga keladi. Maqolada to‘lqinlar optikasidagi asosiy tushunchalarning turli tadqiqotchilar tomonidan berilgan talqinlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning afzallik va cheklanishlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, zamonaviy tajriba usullari, kompyuter modellashtirish va vizual simulyatsiyalar yordamida mazkur muammolarni hal etish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari to‘lqinlar optikasidagi fundamental tushunchalarni yanada aniqlashtirish hamda ularni izohlashda yagona ilmiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references