TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISHDA "MAHALLA–MAKTAB–OILA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada tarbiyaviy jarayonlarni boshqarishda “mahallamaktab–oila” hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Oʻzbekiston sharoitida mahalla ijtimoiy institut sifatida oila va maktab bilan uzviy hamkorlikda o‘quvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti, ijtimoiylashuvi hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi yoritiladi. Maqolada ota-onalarning motivatsion qo‘llab-quvvatlashi, maktabning pedagogik boshqaruv faoliyati hamda mahallaning ijtimoiy nazorat va ma’naviy muhit yaratish funksiyalari integrativ yondashuv asosida ochib beriladi. Shuningdek, hamkorlikni takomillashtirishning tizimli boshqaruv, monitoring, individual yondashuv va subyektlararo koordinatsiyaga asoslangan mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari tarbiyaviy jarayonlarning uzluksizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Not yet translated