Skip to main content
Article

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV FAOLIYATIDA QONUNCHILIK NORMALARINI QO'LLASHNING AMALIY AHAMIYATI (Toshkent shahri, Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlari misolida)

ABI

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv faoliyatida qonunchilik normalarini qo‘llashning amaldagi holati aniqlanadi va tadqiqot natijasida ularni takomillashtirish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tajriba-sinov dasturining aniqlashtiruvchi bosqichi boʻyicha tadqiqot soʻrovnoma orqali oʻtkazilib umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv faoliyatida qonunchilik normalarini qo‘llashning amaldagi holati tahlil qilindi. Tadqiqot Toshkent shahri, Qashqadaryo viloyati va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 103 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslanadi. Soʻrovnoma orqali olingan ma’lumotlar statistik va mazmun jihatdan tahlil qilinib, tahlil natijalari hududlar kesimida direktorlarning qonunchilikka munosabati, duch kelayotgan muammolari va takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar farqlanishini ko‘rsatadi. Tajriba-sinov dasturida turli hududlarning tanlanishi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv faoliyatida qonunchilik normalarini qo‘llashning hududiy xususiyatlarini aniqlash va taqqoslash imkonini berdi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references