KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI KIMYOVIY VA BIOLOGIK VOSITALARNING TA'SIRI (kichik dala sharoitida)
Abstract
UDK: 632.4+632.9+635.2 KARTOSHKANING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI KIMYOVIY VA BIOLOGIK VOSITALARNING TA’SIRI (kichik dala sharoitida) Yuldashova Zebo Zuxrobovna Toshkent davlat agrar universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.19244479 Hozirgi vaqtda alternarioz kasalligi tufayli kartoshka ekini hosilining o‘rtacha yo‘qotilishi yiliga 5% ni tashkil qiladi. Ba’zi yillarda kasallangan o‘simliklar miqdori 100% ga yetadi va hosildorlik 5 dan 78% gacha kamayadi (Алдиба А. Ш., Еськов И. Д., Мельников А. В., 2019.). Ushbu maqolada alternariozga qarshi, kimyoviy va biologik vositalarning kichik dala sharoitida ta’sirini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirildi. Kimyoviy preparatlardan Gidromil granula 68% s.d.g. va Ridomil Gold MS 68% s.d.g. preparatlari alternariozning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir etishi aniqlandi. Biologik preparatlardan esa Orgamika S, s. preparati bilan 2,0 l/ga hamda Serenada Aso sus.k. preparati bilan 7,0 l/ga sarf-meyorda qo‘llanilganda alternariozning rivojlanishi sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: o’simlik, kartoshka, kasallik, alternarioz, zamburug’, A.solani, kasallikning tarqalishi, rivojlanishi, Bacillus amyloliquefaciens, biologik samaradorlikl.
Not yet translated