Skip to main content
Article

"O'ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NATIJALARI: EGALISK QILISH IMKONI, RATSION SIFATI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOT XAVFSIZLIGI"

ABI

Abstract

UO‘T: 332.055.2 “O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NATIJALARI: EGALISK QILISH IMKONI, RATSION SIFATI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOT XAVFSIZLIGI” PRIMOV Abdulla, Dotsent, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Toshkent. Email: [email protected] | ORCID: 0000-0002-1889-2161 QODIRXONOV Bexzod, Katta o‘qituvchi, Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Toshkent Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.19244655 Annotatsiya: Ushbu tezis O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi natijalarini — hususan, oziq-ovqatga ega bo‘lish imkonini, ratsion sifatini va oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi tizimini — rasmiy statistika, xalqaro hisobotlar hamda siyosiy hujjatlardan olingan ikkilamchi ma’lumotlar asosida baholaydi. Tahlil uy xo‘jaliklari daromadlari va fermer xo‘jaliklari tuzilmasini oziq-ovqatning mavjudligi va hamyonbopligi bilan bog‘laydi, shuningdek oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvi va qiymat zanjiri quvvatlari iste’molchi xatarlariga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqadi. Dalillar ochlikni kamayganligini hamda Global Food Security Index (GFSI)dagi o‘rinning yaxshilanganini ko‘rsatadi. Biroq qishloq hududlarida mikroozuqalar yetishmovchiligi, daromadlarning beqarorligi, ayrim tovarlar va resurslar bo‘yicha importga bog‘liqlik, shuningdek saqlash va qayta ishlash infratuzilmasining cheklanganligi oziq-ovqat mahsulotlariga bardavom ega bo‘lish imkonini susaytirishda davom etmoqda. Tezis profilaktik oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi salohiyati va inspeksiya bo‘yicha yo‘riqnomalardagi bo‘shliqlarni, maqsadli ovqatlanish choralarini kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi boshqaruvini mustahkamlasi, sovutkichli omborlar, qayta ishlash va logistika infratuzilmasiga investitsiyalarni oshirish zarurligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi; Oziq-ovqatga egalik imkoni; Ratsion sifati; Uy xo‘jaligi daromadi; Oziq-ovqat mahsulot xavfsizligi; Qiymat zanjirlari; BRM (SDG); O‘zbekiston

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references