QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERLARGA ISHLOV BERISHDA KOMBINASIYALASHGAN AGREGATLARNING AHAMIYATI VA ULARNING EKOLOGIK TA'SIRI
Abstract
UDK 631.31:631.51:631.95 QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA ERLARGA ISHLOV BERISHDA KOMBINASIYALASHGAN AGREGATLARNING AHAMIYATI VA ULARNING EKOLOGIK TA’SIRI Smetov Murat Inyatovich, Shamuratov Quralbay Turdibaevich Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Utemuratov Xojabay Xudaybergenovich Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.19244414 Annotasiya: Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida erlarga ishlov berishda kombinasiyalashgan agregatlarning agrotexnik, iqtisodiy va ekologik ahamiyati tahlil qilingan. Hududning iqlim sharoiti, tuproq tarkibi va degradasiya jarayonlari hisobga olingan holda resurs tejamkor mexanizasiya texnologiyalarini qoʻllashning dolzarbligi asoslab berilgan. Kombinasiyalashgan agregatlar erga ishlov berish operasiyalarini bir vaqtning oʻzida bajarish orqali ish unumdorligini oshiradi, yoqilgʻi sarfini kamaytiradi va tuproqning tabiiy strukturasini saqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, kombinasiyalashgan agregatlardan foydalanish natijasida tuproq zichlanishi 15–20 %, yoqilgʻi sarfi 25–30 %, mehnat sarfi esa 20–25 % ga kamayishiga erishiladi. Kalit soʻzlar: kombinasiyalashgan agregatlar, tuproq degradasiyasi, resurs tejamkor texnologiyalar, agromexanizasiya, ekologik barqarorlik, qishloq xoʻjaligi mexanizasiyasi
Not yet translated