Skip to main content
Article

EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O'QITISHDA O'QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI INDIVIDUAL BAHOLASH METODIKASI

ABI

Abstract

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy masalalar orqali baholash katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet resurslaridan foydalanish baholash jarayonini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi. Mazkur maqolada ehtimollar nazariyasi bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim va kompetensiyalarini baholash uchun individual topshiriqlar tuzish metodikasi taklif etilgan. Ushbu metodika o‘quvchilarning jurnal tartib raqamiga asoslangan holda topshiriqlarni differensial shaklda tuzishga imkon beradi. Natijada barcha topshiriqlar bir xil murakkablik darajasiga ega bo‘lib, ularning sonli parametrlari o‘quvchilarga qarab farqlanadi. Taklif etilgan yondashuv o‘quvchilarning mustaqil ishlashini rivojlantirish, baholash jarayonining adolatliligini ta’minlash va o‘qituvchining tekshirish jarayonini soddalashtiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references