Skip to main content
Article

SHAHOBIDDIN SUHRAVARDIY "AVORIFUL-MA'ARIF" ASARIDA ILM-MA'RIFAT MASALASINING TARIXIY TALQINI

Robiya SaidxanbalevaO'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tadqiqotchisi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada XII–XIII asrlarda yashab, tasavvuf ta’limotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Shahobiddin Umar Suhravardiy (1145–1234)ning “Avoriful-ma’arif” asarida ilmning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif o‘z asarida ilmni so‘fiy hayotining asosi, orifning Haq yo‘lidagi kamolot mezoni sifatida talqin etadi. Suhravardiy nazarida, haqiqiy so‘fiylik nafaqat riyozat va ibodat, balki chuqur ilm, ma’rifat va amaliy tajriba uyg‘unligiga asoslanadi. U ilmni zohiriy va botiniy turlarga ajratib, insonni Haqqa eltuvchi vosita sifatida ko‘rsatadi. Maqolada Suhravardiy ta’limotida ilmning ijtimoiy va ruhiy jihatlari, ilm va amal, ma’rifat va axloq birligi tahlil qilinadi. Ayniqsa, “Avorif al-ma’arif”da ilmning so‘fiy tarbiyasidagi o‘rni, shayx va murid o‘rtasidagi ilmiy-ma’naviy bog‘liqlik, hamda ilmni qalb orqali idrok etish g‘oyalari chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotda Suhravardiy ilmni insonni jaholatdan najot beruvchi nur, tasavvufni esa shu nurning amaliy ifodasi sifatida talqin etgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references