Skip to main content
Article

O'ZBEKISTONDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING LEGITIMLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

ABI

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda prezidentlik institutining legitimligini mustahkamlash va oshirishning zamonaviy hamda innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda siyosiy legitimlik tushunchasining nazariy asoslari, xususan legitimlikning institutsional, huquqiy va ijtimoiy omillari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida ochiqlik, raqamli boshqaruv tizimlari, jamoatchilik bilan muloqot mexanizmlari, prezident va uning administratsiyasi faoliyati hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik kabi innovatsion mexanizmlarning prezidentlik institutiga bo‘lgan ishonchni oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda ilmiy nazariyalar ham tahlil qilinib, zamonaviy siyosiy tizimlarda legitimlikni ta’minlashning samarali usullari siyosiy texnologiyalar asosida o‘rganiladi. Natijada, O‘zbekistonda prezidentlik institutining barqarorligi va legitimligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ilmiy xulosalar hamda amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references