ZAMONAVIY SALOMATLIK DETERMINANTLARI TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI VA TA'SIRI
Abstract
Mazkur tezisda zamonaviy salomatlik determinantlari tizimida raqamli texnologiyalarning o‘rni vata’siri bio-psixo-ijtimoiy model doirasida keng qamrovli tahlil qilinadi. Raqamli muhitning jismoniy,ruhiy va ijtimoiy salomatlikka ko‘rsatadigan ko‘p qirrali ta’siri ilmiy manbalar asosida ochib beriladi.Axborot ortiqligi, raqamli stress, gipodinamiya, uyqu buzilishi, kognitiv yuklama va ijtimoiytaqqoslash jarayonlari zamonaviy sog‘liq xavf determinantlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilanbirga, telemeditsina, sog‘lom turmush ilovalari, masofaviy monitoring va raqamli psixologik yordamxizmatlarining himoya omili sifatidagi ahamiyati asoslanadi. Raqamli texnologiyalar salomatlikdeterminantlari tizimida ambivalent, ya’ni xavf va resurs xususiyatlarini birgalikda mujassam etuvchiomil sifatida baholanadi.
Not yet translated