G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO'RSATKICHLARI
Abstract
UOʻT: 633.51:575:631.52 G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO‘RSATKICHLARI Matyaqubova Elmira Umrbekovna q.x.f.f.d., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Xalikova Maloxat Babamuradovna q.x.f.d., prof., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.19382142 Annotatsiya: Ma'lumki, gʻoʻza oʻsimligining oʻsish va rivojlanishining jadalligi tufayli paxtazorlarda fitofaglar uchun juda qulay mikroiqlim vujudga keladi. Gʻoʻzaning madaniy shakllaridagi gulshira (nektardon)larning mavjudligi ularning zararkunandalar uchun ozuqaviyligini qoʻshimcha ravishda oshiradi. Shiralar 50 dan ortiq turli viruslarni gʻoʻza oʻsimligiga yuqtirishi mumkin. Shuningdek, parazitlik qilayotgan oʻsimlikning oʻsishini ta'minlovchi gormonlar muvozanatini buzadi va oʻsimlikning hosildorligini pasaytirib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada ingichka tolali gʻoʻza oilalarining shira va trips bilan zararlanish koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Olingan ma'lumotlar asosida zararkunandalarga chidamlilik xususiyati mavjud oilalar ajratib olingan. Kalit soʻzlar: oila, polimorfizm, genetik potensial, shira, trips, ingichka tolali gʻoʻza, shoxlanish tipi, shoxlanmagan nol tip, tuklanish.
Not yet translated