BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI VA GLOBAL FUQAROLIKNI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARINING O'QUV JARAYONIGA INTEGRATSIYALASH METODIKASI: FANLARARO YONDASHUV
Abstract
Ushbu maqola Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va global fuqarolik tushunchalarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv jarayoniga integratsiyalash metodikasiga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari doirasida iqlim va barqarorlik mavzulari milliy o‘quv dasturiga kiritilganligi, YuNESKO ko‘magida barqaror rivojlanish uchun ta’lim (BRT) va global fuqarolik tushunchalari joriy etilganligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, siyosat darajasidagi yutuqlarga qaramay, amaliyotda ko‘plab maktablarda barqaror rivojlanish maqsadlari mavzulari hali tizimli bog‘lanmaganligi, ekologik mavzular ko‘pincha nazariy bo‘lib qolayotganligi muammosi ochib beriladi. Mualliflik qarashlar asosida barqaror rivojlanish maqsadlari va global fuqarolikni alohida mavzu sifatida emas, balki fanlararo o‘qitish yondashuvi sifatida taklif etildi. Maqolada matematika, ingliz tili, geografiya, biologiya va ijtimoiy fanlarini misol qilib, barqaror rivojlanish maqsadlarini fanlar bilan bog‘lash usullari, shuningdek, kundalik dars ishlanmalariga integratsiyalash bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan. O‘qituvchilar va maktab ma’muriyati uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida namunaviy dars ishlanmasi va malaka oshirish kurslari bo‘yicha takliflar berilgan.
Not yet translated