BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARIXIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida tarixiy materiallardan foydalanish o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, tarixiy tafakkurini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishda muhim pedagogik vosita hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy materiallardan foydalanishning metodik asoslarini aniqlash va uning ta’lim samaradorligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot davomida kuzatish, qiyosiy tahlil, tajriba-sinov va statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar tarixiy materiallar asosida tashkil etilgan dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot yakunida boshlang‘ich ta’lim amaliyotida tarixiy materiallardan foydalanishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Not yet translated