SOLIQ YUKI VA UNING IJTIMOIY IQTISODIY OQIBATLARI
Abstract
Mazkur maqolada soliq yuki tushunchasi, uning o‘lchov usullari hamda mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Soliq yuki darajasining mehnat bozori, investitsiyalar, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy tenglikka ta’siri O‘zbekiston misolida o‘rganiladi. Yuqori soliq yuki ish o‘rinlari sonini kamaytirishi, yashirin iqtisodiyotini kengaytirishi, shuningdek, ijtimoiy adolat tamoyillariga zarar yetkazishi mumkinligi statistik va ekonometrik usullar yordamida asoslab beriladi. Shu bilan birga, optimal soliq yuki (Lafer egri chizig‘i nazariyasi asosida) iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi va byudjet daromadlarini oshirishi ko‘rsatiladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda soliq islohotlari natijasida soliq yuki pasaygani va uning ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari (ish o‘rinlari ko‘payishi, investitsiya oqimi ortishi) misollar bilan tasdiqlanadi.
Not yet translated