MEHMONXONA VA XOSTEL BINOLARIDA MIKROIQLIM KO'RSATKICHLARINI GIGIYENIK BAHOLASH VA PROFILAKTIK CHORA TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH
Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada mehmonxona va xostel binolaridagi yashash xonalari mikroiqlim ko‘rsatkichlarini gigiyenik jihatdan baholash hamda aniqlangan nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida havo harorati, nisbiy namlik, havo harakat tezligi va uglekislota gazi (CO₂) miqdori kabi asosiy mikroiqlim omillari o‘lchanib, ularning amaldagi sanitar-gigiyenik me’yorlarga mosligi tahlil qilingan. Olingan natijalar mehmonxona binolarida mikroiqlim ko‘rsatkichlari, asosan, me’yor doirasida ekanligini, xostel binolarida esa aholi zichligi yuqoriligi, ventilyasiya tizimining yetarli emasligi va xonalardan foydalanish rejimi bilan bog‘liq holda ayrim ko‘rsatkichlar me’yordan chetga chiqish holatlari mavjudligini ko‘rsatdi. Mikroiqlimning noqulay holati yashovchilarning funksional holati, mehnat qobiliyati va umumiy sog‘liq holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida binolarni rejalashtirish va ekspluatatsiya qilish bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan gigiyenik-profilaktik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu tavsiyalar yashash sharoitlarini yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish va turar joy binolarida sanitar-gigiyenik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Not yet translated