Skip to main content
Article

BACHADON MIOMASIDA ORGAN-SAQLOVCHI DAVOLASH: LAPAROSKOPIYA, EMBOLIZATSIYA VA MEDIKAMENTOZ TERAPIYA SAMARADORLIGI

ABI

Abstract

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada bachadon miomasi bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarda organ-saqlovchi davolash usullarining zamonaviy yo‘nalishlari, xususan, laparoskopik miomektomiya, uterin arteriya embolizatsiyasi hamda medikamentoz terapiyaning klinik samaradorligi va amaliy ahamiyati ilmiy manbalar hamda klinik kuzatuvlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada mioma tugunlarining joylashuvi (submukoz, intramural, subseroz), o‘lchami va soniga qarab davolash taktikasini tanlash mezonlari, shuningdek, har bir usulning afzalliklari, cheklovlari va qaytalanish xavfi izchil yoritilgan. Laparoskopik miomektomiya mioma tugunlarini to‘liq olib tashlash orqali bachadon anatomiyasini saqlab qolishga imkon berishi, uterin arteriya embolizatsiyasi esa operatsiyaga muqobil minimal invaziv usul sifatida simptomatik miomalarda yuqori klinik samaradorlik ko‘rsatishi ta’kidlangan. Medikamentoz terapiya esa hayz qon ketishini kamaytirish, mioma hajmini vaqtinchalik kichraytirish hamda operatsiyaga tayyorlov bosqichi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy asosda bayon etilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references