KOMPETENSIYALARNI SHAXMAT MASHG'ULOTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Abstract
KOMPETENSIYALARNI SHAXMAT MASHG‘ULOTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI Xamrakulova Iroda Shaxobovna SamDPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.19400157 Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalarda kasbiy-karyerani rivojlantiruvchi kompetensiyalarni shakllantirish va takomillashtirishda shaxmat mashg‘ulotlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shaxmatning strategik fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish, qaror qabul qilish, diqqatni jamlash va rejalashtirish kabi muhim kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, shaxmat mashg‘ulotlari talabalarda analitik fikrlash, liderlik, mantiqiy tahlil va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, shaxmat asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuv talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: shaxmat, kasbiy kompetensiya, karyera rivoji, strategik fikrlash, analitik tafakkur, qaror qabul qilish.
Not yet translated