TOG'LI HUDUD AHOLISI O'RTASIDA QULOQ SHOVQININING (TINNITUS) UCHRASHI, PATOGENEZI, KLINIK XUSUSIYATLARI VA OLDINI OLISH CHORALARI
Abstract
Annotatsiya. Tinnitus – quloqda tashqi tovush manbaisiz shovqin, g‘uvillash yoki jiringlashni subyektiv his etish holati bo‘lib, u aholining turli qatlamlarida keng tarqalgan otonevrologik muammolardan biridir. Ayniqsa tog‘li hududlarda yashovchi aholi orasida atmosfera bosimining pasayishi, gipoksiya, vegetativ nerv tizimi disbalansi va qon aylanish tizimi o‘zgarishlari tufayli tinnitusning uchrash chastotasi yuqori bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tog‘li hudud aholisi orasida tinnitusning epidemiologik xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari (patogenezi), klinik belgilari hamda samarali profilaktika choralari ilmiy manbalar va klinik kuzatuvlarga asoslangan holda yoritilgan. Tadqiqot natijalari tinnitusning tog‘li hudud sharoitiga xos omillar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda kasallikning oldini olishda kompleks yondashuv muhimligini asoslaydi.