ABU NASR FAROBIYNING "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" ASARINING IJTIMOIY HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarining ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Sharq Uyg‘onish davrining yirik namoyandasi, “al-Muallim as-soniy” (Ikkinchi muallim) unvoniga sazovor bo‘lgan Forobiyning mazkur asari jamiyatning kelib chiqishi, davlat boshqaruvi, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifat kabi masalalarni o‘z ichiga olgan nodir manbadir . Maqolada Forobiy tomonidan ilgari surilgan fozil shahar konsepsiyasi, uning boshqaruv tamoyillari, rahbar va aholiga qo‘yiladigan talablar, adolatli jamiyat qurish g‘oyalari zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, asardagi g‘oyalarning bugungi kundagi dolzarbligi, xususan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar tarbiyasi va fuqarolik jamiyati qurish borasidagi sa’y-harakatlar bilan uyg‘unligi yoritiladi.
Not yet translated