BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING AQLIY RIVOJLANISHIDA SHAXMAT O'YININING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA ULARNING PEDAGOGIK TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanishida shaxmat o‘yinining didaktik imkoniyatlari va ularning pedagogik jihatdan tahlili yoritilgan. Tadqiqotda shaxmat o‘yinining o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, xotira, diqqat, muammoli vaziyatlarni hal etish hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, shaxmatni dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llash orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish imkoniyatlari aniqlangan. Maqolada shaxmat o‘yinining didaktik vosita sifatidagi afzalliklari, uning o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi hamda samarali pedagogik metodlar orqali o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida boshlang‘ich ta’lim jarayonida shaxmatdan foydalanishning ilmiy-amaliy tavsiyalari ishlab chiqilgan.
Not yet translated