ZAMONAVIY O'ZBEK DRAMATURGIYASIDA AN'ANAVIY VA YANGI JANRLARNING UYG'UNLASHUVI
Umida Muxtorkuli qizi SayliyevaO'zDSMI, Teatr san'ati mutaxassisligi 2-kurs magistranti
ABI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasida an’anaviy (drama, komediya, tragediya, tarixiy drama) va yangi (psixologik drama, tragikomediya, monodrama, ramziy hamda eksperimental dramaturgiya) janrlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Janrlar sintezi natijasida badiiy ifoda imkoniyatlarining kengayishi, qahramon ruhiyatini chuqur ochish, milliylik va zamonaviylikning birlashuvi hamda sahnaviy ta’sirchanlikning ortishi yoritiladi. Maqolada zamonaviy dramaturgik tafakkurdagi yangilanishlar va ularning estetik ahamiyati asoslab beriladi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references