Yuqori instansiya fuqarolik sudlarida sun'iy intellektni qo'llash haqida ba'zi mulohazalar
Abstract
Yuqori instansiya fuqarolik sudlarida sun’iy intellektni qo‘llash haqida Sun’iy intellekt texnologiyalarini yuqori instansiya fuqarolik sudlari faoliyatiga joriy etish odil sudlov samaradorligi, tezkorligi va aniqligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Mazkur texnologiyalar sud amaliyoti, qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy manbalarni tezkor tahlil qilish, hujjatlarni qayta ishlash hamda qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalanish shaffoflik, xolislik, ma’lumotlar xavfsizligi va javobgarlik bilan bog‘liq muayyan masalalarni ham yuzaga keltiradi. Ayniqsa, yakuniy qaror qabul qilish vakolati sudyaning o‘zida saqlanishi, sun’iy intellekt esa faqat ko‘maklashuvchi vosita sifatida qo‘llanishi lozim. Shu sababli, yuqori instansiya fuqarolik sudlarida sun’iy intellektdan foydalanishni aniq normativ-huquqiy asoslar, etik mezonlar hamda samarali nazorat mexanizmlari asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated