Ayollarga nisbatan zo'ravonlikning ijtimoiy-huquqiy mohiyati va uning turlari
Abstract
Maqolada ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning ijtimoiy-huquqiy mohiyati, uning oilaviy muhitda shakllanish omillari va turlari tahlil qilinadi. Muallif zo‘ravonlikni nafaqat jismoniy ta’sir, balki og‘zaki, ruhiy (emotsional), iqtisodiy va jinsiy shakllarda namoyon bo‘ladigan ko‘p qirrali hodisa sifatida asoslaydi. BMT deklaratsiyasi, Pekin platformasi, Istanbul konvensiyasidagi yondashuvlar qiyosiy yoritilib, milliy qonunchilik asoslari ko‘rsatib berilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadqiqotlar misolida zo‘ravonlikning takroriy va surunkali xususiyati, ayniqsa ruhiy tazyiqning yuqori ulushda ortib borayotganligi, axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ruhiy bosim o‘tkazishtendensiyasi alohida xavf sifatida ko‘rsatilib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Not yet translated