SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O'RNI
Abstract
SPORT TAKOMILLASHUV BOSQICHIDA ESHKAK ESHUVCHILARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN MAXSUS MASHQLARNI TUTGAN O’RNI Ruzimatov Isloмjon Erkuziyevich p.f.b.f.d (PhD) Qo‘qon davlat universiteti Rafiqova Dilnuraxon Xusniddinjon qizi Qo‘qon davlat universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi talabasi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.19451288 Annotasiya. Ushbu maqolada sport takomillashuv bosqichidagi kanoe yo‘nalishidagi eshkak eshuvchilarning jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarligini rivojlantirishda maxsus mashqlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonining ahamiyati tadqiq qilinadi. Tadqiqot yosh sportchilarning harakat aniqligi, muvozanatni saqlash, tezkor reaksiya va koordinatsion ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Yillik tayyorgarlik davri, mashg‘ulot yuklamalarini dozalashtirish, texnik va nazariy tayyorgarlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda sportchilarning individual xususiyatlariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari sportchilarning muvozanat, kuch, chidamlilik va koordinatsion qobiliyatlarini tizimli rivojlantirish, texnik harakatlarni samarali bajarish va musobaqa sharoitlariga tez moslashish imkonini berishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Kanoe sporti, eshkak eshish, sport takomillashuv bosqichi, texnik o‘quv-mashg‘ulot jarayoni, jismoniy mashqlar, tiklovchi mashqlar, chidamlilik mashqlari, mashg‘ulot rejasi
Not yet translated