KUTUBXONASHUNOSLIK, KUTUBXONASHUNOSLIK-BIBLIOGRAFIYA VA BOSHQA AXBOROT PREDMETLARINING O'ZARO ALOQADORLIGI
Abstract
Ushbu maqolada kutubxonashunoslik, bibliografiya, bibliografshunoslik, axborotshunoslik, hujjatshunoslik va boshqa axborot predmetlarining o‘zaro aloqadorligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Kutubxona faoliyati, bibliografik jarayonlar va axborot resurslari bilan ishlashning umumiy hamda farqli tomonlari yoritiladi. Shuningdek, mazkur fanlarning bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlari, axborotni yig‘ish, saqlash, tizimlashtirish, qidirish va foydalanuvchiga yetkazish jarayonlaridagi integratsion roli ochib beriladi. Tadqiqot natijasida kutubxonashunoslik va unga yaqin axborot predmetlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik zamonaviy axborot-kutubxona tizimini rivojlantirishning muhim ilmiy asosi ekanligi asoslanadi.
Not yet translated