JISMONIY TARBIYA TA'LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ASOSIDA O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI OSHIRISH MASALALARI
Abstract
Mazkur maqolada jismoniy tarbiya ta’limida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Ta’limning raqamli transformatsiyasi sharoitida jismoniy tarbiya o‘qituvchisining faoliyati yangi mazmun bilan boyib, u darsni raqamli vositalar asosida rejalashtiruvchi, o‘quvchi natijalarini monitoring qiluvchi, individual yondashuvni kuchaytiruvchi va o‘z metodik faoliyatini takomillashtiruvchi pedagog sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqolada raqamli texnologiyalarning metodik, diagnostik, kommunikativ va axborot-tahliliy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi integrativ model taklif etiladi.
Not yet translated