QO'QON XONLIGI VA TURKISTON GENERAL – GUBERNATORLIGI O'RTASIDAGI SIYOSIY – IQTISODIY ALOQALARNING DAVRIY MATBUOTDA AKS ETISHI: MANBASHUNOSLIK TAHLILI
Abstract
XIX asrning 60–70 – yillari o‘zbek xonliklari uchun murakkab davr bo‘lganligi sababli bugungi kunda u davrga xos tadqiqotlar olib borish dolzarbligini yo‘qotmayapti. Shu jihatdan, aynan Qo‘qon xonligi va Turkiston general – gubernatorligi o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa, siyosiy – iqtisodiy aloqalarning davriy matbuotda aks etishi va ulaning manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlili muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar davriy matbuot sahifalarida keng yoritilganligi sababli o‘sha davr voqealarini o‘rganishda muhim tarixiy manba sifatida ham xizmat qiladi. Shuning uchun, bu maqolada Rossiya imperiyasi va mahalliy matbuot nashrlarida chop etilgan materiallar, jumladan rasmiy xabarlar, qayd qilingan maqolalar, savdo va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga oid ma’lumotlar kompleks tarzda o‘rganiladi. Xususan, “Туркестанские ведомости”, “Артиллерийский журнал” kabi davriy nashrlarda Qo‘qon xonligi bilan bog‘liq siyosiy voqealar, diplomatik munosabatlar, savdo aloqalari hamda iqtisodiy o‘zgarishlarning yoritilishiga alohida e’tiborga olinib, muammoning yoritilish xususiyatlari asosida ma’lum guruhlarga turkumlanadi. Shu bilan birga, tadqiqot davomida davriy matbuot materiallarining mazmuni, ularning yaratilish sharoiti, nashr siyosati va mualliflarning qarashlari tanqidiy tahlil prizmasidan o‘tkazilib, ma’lumotlarning ishonchlilik darajasi, sub’ektivligi hamda ideologik yo‘naltirilganligi ham aniqlanadi. Natijada, Qo‘qon xonligi va Turkiston general – gubernatorligi o‘rtasidagi siyosiy – iqtisodiy aloqalarning o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi.
Not yet translated