Skip to main content
Article

IJTIMOIY TARMOQLAR TA'SIRI: ZAMONAVIY TRENDLAR QANDAY QILIB ISTE'MOLCHI XATTI-HARAKATINI SHAKLLANTIRADI?

ABI

Abstract

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tarmoqlar nafaqat axborot almashinuvi vositasi, balki iste’molchi xatti-harakatini shakllantiruvchi kuchli omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2025-yil holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5 milliarddan ortiq foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, trendlarni kuzatib, ularga mos ravishda xarid qilish odatlarini o‘zgartirmoqda[1]. Bu jarayon iqtisodiyot va psixologiya fanlari kesishmasida muhim jarayonni paydo qiladi: bir tomondan, trendlar orqali bozor talabi shakllanadi, ikkinchi tomondan, psixologik mexanizmlar orqali individual qarorlar buziladi, ya’ni trendlar orqali iste’molchi didi o‘zgaradi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri pandemiya davridan keyin keskin kuchaygan bo‘lib, iste’molchilarning impulsiv xaridlari 30-40% ga oshgan (Forbes, 2024)[2]. O‘zbekistonda ham, Telegram, You Tube va ayniqsa, Instagram kabi platformalar orqali mahalliy trendlar iste’molchilarni jalb qilmoqda, bu esa albatta milliy iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatmoqda. [1] statista.com: https://www.statista.com/topics/1164/social-networks/?srsltid=AfmBOorOrSWU3Z-_k_-e5yB2_rZkXv-vRrzMX38gf3L2I6cI1eBsc79M [2] Forbes.com: https://www.forbes.com/councils/forbesbusinessdevelopmentcouncil/2024/05/29/how-impulse-buying-powers-the-most-successful-e-commerce-businesses/

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references