JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARINING O'QUVCHI YOSHLAR SALOMATLIGIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining o‘quvchi yoshlar salomatligiga ta’siri ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Hozirgi davrda o‘quvchi yoshlar orasida kamharakatlilik, noto‘g‘ri ovqatlanish, raqamli qurilmalardan haddan tashqari foydalanish, kun tartibining izdan chiqishi hamda jismoniy faollikning pasayishi bilan bog‘liq salomatlik muammolari kuchayib bormoqda. Shu sharoitda ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil etish nafaqat o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini, balki ularning funksional holati, ruhiy barqarorligi va umumiy hayot sifatini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sog‘lomlashtiruvchi imkoniyatlari, ularning o‘quvchi yoshlar organizmiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, shuningdek, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik jihatlari yoritiladi. Tadqiqot asosida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sog‘liqni mustahkamlashdagi amaliy samarasi ochib beriladi.
Not yet translated