GERMANIYA YASHIL TRANSPORT TIZIMIMNG RIVOJLANISHI
Abstract
Ushbu maqola Germaniyada yashil transport tizimini rivojlantirish jarayonlari, davlat siyosati va amaliy mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda ekologik barqarorlikni ta’minlash, karbonat angidrid (CO₂) chiqindilarini kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Germaniyada elektromobillarni qo‘llab-quvvatlash, jamoat transportini modernizatsiya qilish, velosiped infratuzilmasini rivojlantirish va temiryo‘l transportini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar tahlil etiladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining ekologik siyosati doirasida Germaniyaning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish tajribasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy samaralari yoritiladi. Tadqiqot natijalari yashil transportni rivojlantirish nafaqat ekologik muammolarni kamaytirish, balki iqtisodiy o‘sish va aholining turmush sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Not yet translated