NAMANGAN VILOYATI YER FONDI VA UNDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada Namangan viloyati yer fondining hozirgi holati ko‘rib chiqilgan, 2015-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda uning maqsadli yo‘nalishi, maqsadli foydalanilishi va yerga egalik qilish shakllari bo‘yicha o‘zgarishlari qiyosiy tahlil qilingan, natijada uning rivojlanishidagi ayrim tendensiyalar aniqlangan. Yuqorida ko‘rsatilgan davrda Namangan viloyati yerlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari holati to‘g‘risida milliy hisobotlarida keltirilgan ma’lumotlar asosida yer maydonlarining o‘zgarish dinamikasi tahlili yoritilgan. Bu borada mavjud viloyat yer fondi toifalari va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr mulohazar va takliflar berilgan.
Not yet translated