Bi2Te2.88Se0.12 TERMOELEMENTLARNING TERMOELEKTR VA MEXANIK XOSSALARIGA Ni KIRITMASINING TA'SIRI
Abstract
Mazkur ishda Bi2Te2.88Se0.12 asosidagi termoelektrik qattiq qotishmasining nikel (Ni) bilan legirlanganda termoelektr yurituvchi kuch (α), elektr o'tkazuvchanlik (σ) va mexanik mustahkamlik (δ) parametrlariga ta'siri tahlil qilindi. Tajriba natijalari asosida Ni qo'shimchasi materialning mexanik mustahkamligini sezilarli oshirishi bilan birga, termoEYUK qiymatini kamaytirishi aniqlangan. Ishning asosiy maqsadi — Ni elementining miqdori o'zgarishining (0,01–1,0 massa %) natijasida materialning termoelektr yurituvchi kuchi (α), elektr o'tkazuvchanlik (σ), issiqlik o'tkazuvchanlik (χ) hamda mexanik mustahkamlik chegarasi (δ) ga bo'lgan ta'sirini aniqlash va ularning o'zaro funksional bog'liqligini matematik model asosida ifodalashdan iborat. Tadqiqot Bi2Te3 asosidagi qattiq eritmalarning strukturaviy, elektron va fonon tizimlarini legirlovchi kiritmalar yordamida boshqarish orqali ZT samaradorlik koeffitsientini oshirishga qaratilgan. Tadqiqot davomida Ni elementining kiritilishi materialda akseptorli ta'sir ko'rsatishi, ya'ni elektronlar konsentratsiyasini kamaytirib, mexanik mustahkamlikni orttirishi aniqlangan.