TALABALARDA FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Abstract
Mazkur tezisda zamonaviy ta’lim tizimida talabalarda fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamli transformatsiya va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning jadallashuvi sharoitida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda fuqarolik kompetensiyasi tushunchasi ko‘p komponentli tizim sifatida — bilim, qadriyat, motivatsiya va xulq-atvor birliklari asosida yoritiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ushbu kompetensiyani rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, jumladan, nazariy bilimlarning amaliy faoliyat bilan integratsiyasi yetarli emasligi, talabalar faolligining pastligi va innovatsion pedagogik texnologiyalarning cheklangan qo‘llanilishi aniqlanadi. Muammoni hal etish uchun kompetensiyaviy yondashuv, loyiha asosida o‘qitish (PBL), servis-ta’lim (service learning) va raqamli platformalardan foydalanishning samarali mexanizmlari taklif etiladi.
Not yet translated